Jizzax viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmaçiligidagi quriliş obektlarida korrupsion xatti-harakatlar va manfaatlar töqnaşuvi holatlari böyiça viloyat hokimi örinbosari Akrom Rahmonqulovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi joriy yilning iyun oyida yakunlanib, Toşkent viloyat sudiga yuborilgan. Bu haqda Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Uning aytişiça, ayni damda iş böyiça sud muzokaralari yakunlangan, yaqin kunlarda sud hukmi e’lon qilinişi kutilmoqda.

Akrom Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) böyiça ayblanmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yil boşida prezident Jizzax şahrida qurilişi tugallanmagan köp qavatli turar joy majmuasi qulab tuşişi ortidan Jizzax viloyati hokim örinbosari Akrom Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblagan va keyinroq u işdan olingandi.

Joriy yilning aprel oyida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev hozirgaça tergovda aniqlangan holatlarga köra, Akrom Rahmonqulov 2018-2020 yillarda jami 494 mlrd sömlik 82ta obektlar quriliş-ta’mirlaş işlarini özining rahnamoligidagi 9ta pudrat taşkilotlariga topşirib, quriliş işlari hajmini sun’iy ravişda oşirilgan narxlarda rasmiylaştiriş, qöşib yoziş orqali qariyb 20 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilganini ma’lum qilgandi.

Şuningdek, tergovda Akrom Rahmonqulovga tegişli korxonalarda 12 mlrd söm, Jizzax şahridagi «Eski şahar» buyum bozorida qurilgan 172ta savdo dökoni, köp qavatli uylarda 14ta xonadon, 43ta avtomaşina, 37ta boşqa köçmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undiriş uçun xatlangani, Rahmonqulovning 10 nafar jinoiy şeriklari ham qamoqqa olingani aytilgan edi.