29 dekabr kuni Toşkent viloyat sudida Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulov va boşqalar ustidan oçilgan jinoyat işi böyiça sönggi sud majlisi bölib ötdi.

Sönggi yillardagi eng yirik korrupsiyaviy işlardan birida sobiq amaldor 7,5 yilga qamalgan bölsa, qolgan 26 nafar sudlanuvçiga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar qöllandi.

Mazkur sud jarayoni oçiqlikka oid prezident farmoniga zid ravişda internet va televideniye orqali jonli efirga uzatilmadi.

Farmonning 14-bandiga asosan, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatdor davlat organlari va taşkilotlar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrdan boşlab davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid işlar böyiça sud majlislarini telekanallar va internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişini ta’minlaşi kerak edi.

Lekin deyarli barça OAV vakillari sud jarayoni bölib ötganidan faqatgina Oliy sud bayonotidan keyin xabar topdi.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov sobiq mansabdor Akrom Rahmonqulovning işi oçiq sud majlisida körilganini aytdi.

“Sud oçiq ötdi, biz uni jonli efirga uzatilişiga qarşi emasmiz. Lekin bizda bunday imkoniyat yöq. Farmonda asosiy ijroçi sifatida MTRK keltirilgan. Ular kelib qilişi kerak edi…

Sud qaçon bölişini qaysidir OAV vakili söragan edi, lekin özi kelmadi. Boşqalar bizdan qaçon bölişini söramadi ham”, – dedi Oliy sud rasmiysi.

Obidov bu kabi sudlarda protsess uzoq davom etişini hisobga olib, televideniyening imkoniyatlaridan kelib çiqib sudning faqatgina hukm e’lon qilinadigan kundagi majlislari jonli efirda uzatilişi mumkinligini ham istisno qilmadi.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan MTRK direktori örinbosari Madaminbek Safarov Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosariga doir sud işi bölib ötganini boşqa OAVlar qatori Oliy sudning xabaridan söng bilganini ta’kidladi.