Asli samarqandlik Saodat Şermatova hozir 49 yoşda. 28 fevral kuni u ilk bor Toşkent köçalarida avtobus boşqara boşladi. “Toşşahartransxizmat” tizimidagi ayol avtobus haydovçilari bir oy davomida amaliyotda böladi. Amaliyot davri uçun ularga tajribali haydovçilar biriktirilgan. Saodat Şermatovaga avtobus haydaşda 40 yillik tajribaga ega Abdumutal Dakibayev ustozlik qilmoqda.

“2005 yilda haydovçilik guvohnomasini olganman, 2019 yilda esa “D” kategoriya oldim. Hozirgi kunda Yunusobod tumanidagi 8-avtobus saroyida faoliyat yuritaman. Şu vaqtgaça bu avtobus saroyida avtobuslarga texnik xizmat körsatiş, tozalaş kabi işlarni qilib yurgandim.

Bugun amaliyotimning birinçi kuni, ustozlarim Zafar aka, Jalol aka va Mutal akaning yordami bilan bemalol yengil maşina boşqargandek avtobusni boşqaryapman. Qiyinroq deb öylagandim, lekin unday emas ekan, deyarli qiyinçilik bölmadi. Faqat “pik” vaqtlarda ehtiyot böliş kerak ekan, boşqa vaqtlari yaxşi”, – deydi Saodat Şermatova.

Uning ta’kidlaşiça, 2019 yildan boşlab u “Gazel”da odam taşigan, keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar, katta yuk maşinalarini haydayotganlarga qiziqib, şu sohaga ötgan. 

“Qarorimni turmuş örtoğim, farzandlarim qöllab-quvvatlagan. Yölovçilardan kimdir yoqtirmayapti, kimdir esa juda xursand. Har xil odam çiqadi, köproq odamlar xursand bölyapti. Bu yangilik-da. Çöçigandim ozgina, lekin işlasa bölarkan.

Huquqşunosman, orzuyim notarius böliş edi, hayot yöllari meni avtobus boşqarişga olib ketdi. Toşkent köçalarida şunday katta avtobuslar haydab yurganimdan faxrlanib ketyapman”, – deydi u.

Avtobus haydovçilari avvaliga yöl qoidalari, keyin avtobus boşqariş böyiça imtihondan ötişi kerak. Şundan keyin ular bir oy amaliyotda böladi, muddat tugagaç esa özlari mustaqil avtobus boşqarişi mumkin.

Saodat Şermatovaning turmuş örtoği ham şofyor.

“Turmuş örtoğim qöllab-quvvatlagan, yonida olib yurib örgatsa örgatganki, notöğri qilyapsan, demagan. U menga işongan, rulga ötqizib, yonida olib yurgan.

Ikki nafar farzandim bor, öğlim çet elda bakalavrda öqiydi, qizim esa maktabda”, – deydi Saodat opa.

BMT rivojlaniş dasturi va Transport vazirligi qöşma loyihasida gender ekspert sifatida işlaydigan Azizaxon Xöjayevaning aytişiça, şu vaqtgaça Özbekistonda ayollar avtobus boşqarişi uçun qonunçilikda çeklov bölgan.