DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik bilan boğliq holatlarga çek qöyildi.
Angren şahrida yaşovçi K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanişlari orqali fuqaroni Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 5000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Olmaliq şahrida joylaşgan xususiy avtomaktab direktorining örinbosari Ç.X. mahalliy fuqaroga öquv kurslariga qatnaşmasdan, haydovçilik guvohnomasini olib beriş evaziga 3000 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Ç.X. muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonçilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan bölsa-da, öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan.
Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.












