Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi bilan mojaro paytida muzlatilgan mablağlarni Polşa uçun blokdan çiqardi. Varşava hokimiyati avval uşlab turilgan 137 milliard yevroni oladi, deb xabar qildi Bryussel departamenti 29 fevral, payşanba kuni. Dekabr oyida qasamyod qilgan yevropaparast Donald Tusk hukumati Yevropa Ittifoqining odil sudlov mustaqilligi sohasidagi talablarini bajardi va Polşa adliya tizimini isloh qilişni boşladi, deya tuşuntirdi Bryussel.
Bu miqdorga Yevropa iqtisodiyotini pandemiya oqibatlaridan qutqariş dasturi doirasidagi deyarli 60 milliard yevro, şuningdek, turli sohalar, xususan, mintaqaviy rivojlaniş va baliqçilikni moliyalaştiriş dasturlari hisobidan 77 milliard yevroga yaqin mablağ kiradi. Ilgari muzlatilgan mablağlar Varşavaga bir neça bosqiçda ötkaziladi.
Bir neça kun oldin Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Varşavaga taşrifi çoğida Polşa hukumati YeI talablarini qondiriş uçun katta sa’y-harakatlar qilganini aytdi.
Varşavada YeI talablariga javob beradigan reja taqdim etildi
Avvalroq Polşa adliya vaziri Adam Bodnar Yevropa Ittifoqining Polşaga qarşi davom etayotgan suriştiruvini tugatiş böyiça çora-tadbirlar rejasini taqdim etgan edi. Boşqa narsalar qatorida, gap 2017 yil oxirida boşlangan jarayonni töxtatiş haqida ketyapti, uning doirasida Varşava Yevropa Ittifoqi kengaşidagi ovoz beriş huquqidan mahrum bölişi mumkin. Polşaga qarşi iş yuritiş tugatilgandan söng Vengriya bunday iş yuritiladigan yagona davlat bölib qoladi.
Bryussel va Polşaning avvalgi milliy konservativ hukumati örtasida sud-huquq islohotlari böyiça mojaro 2016 yil boşidan beri davom etmoqda. Polşa prezidenti Anjyey Duda umumiy yurisdiksiya sudlari töğrisidagi qonunni imzolaganidan söng, Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi tarixida birinçi marta uning Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqligini tekşiriş tartibini boşladi.
Bahsli sud-huquq islohoti adliya vaziriga sud raislarini lavozimidan ozod etiş, ularni boşqa nomzodlar bilan almaştiriş huquqini berdi. Vazifalaridan biri Yevropa qonunçiligiga rioya etilişini nazorat qiliş bölgan Yevropa komissiyasi Varşavadan sud-huquq islohotini bekor qilişni yoki uni Yevropa Ittifoqi standartlariga moslaştirişni talab etdi.













