«Dunyo» xabariga köra, Kuvayt taşqi siyosat idorasida bölib ötgan uçraşuvda ikki tomonlama yaqin hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston va Kuvayt örtasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilm-fan, ta’lim va madaniy-ma’rifiy sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va qöşma sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş yönalişlarida hamkorlik jadallaştiriş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tomonlar, şuningdek, joriy yilda rejalaştirilgan tadbirlar jadvalini ham körib çiqdi.

Suhbat yakunida Kuvayt taşqi işlar vaziri Özbekiston elçisini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlab, diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Ayubxon Yunusov 6 fevral kuni Kuvayt poytaxtiga taşrif buyurgan edi. Kuvaytga tayinlanişidan oldin u Özbekiston TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boşqarma boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.