AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik avtomobil haydovçilari va yölovçilarini xavfsizlik kamarini taqişni unutmaslikka çaqirdi.
“Odamlar avtoulovga ötirganda erinmasdan xavfsizlik kamarini taqib olişganda, ehtimol ularning aksariyati omon qolgan bölardi!” - deb yozadi elçi X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Unga köra, bolalik paytida kamdan-kam amerikaliklar xavfsizlik kamaridan foydalangan. Hozirda amerikaliklarning 90 foizdan ortiği xavfsizlik kamarlaridan foydalanadi.
Hisob-kitoblarga köra, xavfsizlik kamarlaridan foydalaniş natijasida 375 000 dan ziyod odamning hayoti saqlab qolingan. Şunçaki xavfsizlik kamarini taqiş baxtsiz hodisada halok böliş yoki jarohat oliş ehtimolini 40-50 foizga kamaytiradi.
Özbekistonda 2023 yilda 9 839 ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bölgan.
2023 yilda bolalar bilan boğliq 1 794 ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bölgan.












