AQŞ prezidenti Jo Bayden G7 mamlakatlari 2024 yil iyun oyida Italiyada bölib ötadigan «katta yettilik» sammitida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş böyiça qaror qabul qilişini kutmoqda. Bu haqda 1 mart, juma kuni Bloomberg öz manbalariga tayanib yozmoqda. 

Naşr yozişiça, Oq uy rahbari Rossiya Markaziy bankining muzlatib qöyilgan aktivlaridan Ukraina budjetini moliyalaştiriş va keyinçalik Ukrainani tiklaş uçun foydalanişga umid qilmoqda. Şu bilan birga, Bayden muzlatilgan mablağlardan bu maqsadlarda foydalaniş Ukrainaga qöşimça yordam berişdan boş tortişni anglatişi mumkinligiga işonmayapti. 

«Katta yettilik»da bu masalada kelişmovçiliklar mavjud 

Bloomberg agentligi yozişiça, AQŞdan taşqari Britaniya va Kanadaning G7’dagi vakillari Rossiya muzlatilgan mablağlarini musodara qiliş kerak, deb hisoblaydi. Biroq Fransiya va Germaniya musodaraga qarşi. Ular Rossiya Federatsiyasining javob çoralari va Yevropa iqtisodiyoti moliyaviy barqarorligi, jumladan, yevro zaxira valutasi maqomiga salbiy ta’sirdan qörqadi, deya qayd etadi naşr. Bu masala iyun oyidagi sammitda hal qilinadi.

Şu bilan birga, «katta yettilik»ning barça mamlakatlari rasmiylari, agar Rossiya «Ukrainani tiklaşda yordam qilişga va’da bermasa», muzlatib qöyilgan aktivlaridan foydalaniş imkoni berilmasligiga rozi. 

YeI kengaşi RF muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan foydalanişga ruxsat berdi 

12 fevral kuni Yevropa Ittifoqi kengaşi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukraina uçun foydalanişga huquqiy asos yaratuvçi rezolyutsiyani tasdiqladi. Hujjatda Yevropa Ittifoqi çeklov çoralari tufayli muzlatilgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining aktivlari va zaxiralariga egalik qiluvçi qimmatli qoğozlar markaziy depozitariylari majburiyatlari aniqlaştirilgan. 

Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumidan keyin Bryussel allaqaçon Moskvaga qarşi 13 ta sanksiya paketini joriy qilgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqidagi çeklovlar doirasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 210 milliard yevroga yaqin aktivlari, jumladan, naqd pul va davlat obligatsiyalari körinişida bloklangan. 

2023 yil dekabr oyi oxirida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RFning muzlatilgan aktivlarini musodara etiş «jiddiy oqibatlarga olib kelişi» bilan tahdid qildi. Uning sözlariga köra, Rossiya bu holatda Ğarbning mamlakatda saqlanayotgan mavjud mablağlarini musodara qiliş orqali javob qaytaradi. Bloomberg agentligiga köra, Rossiya hukumati G7 davlatlari Markaziy bankning muzlatilgan aktivlarini musodara qilgan taqdirda sud jarayonlariga tayyorgarlik körmoqda.