Özbekistonning Erondagi elçixonasi kömagida uşbu mamlakat Hamadon şahrida Buxoro viloyati va mahalliy işbilarmon doira vakillari iştirokida Özbekiston investitsiyaviy hamda sayyohlik salohiyatiga bağişlangan taqdimot va B2B şaklidagi uçraşuvlar taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Özbekiston elçisi Fariddin Nasriyev taqdimotning oçiliş qismidagi nutqida mamlakat sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati, xususan, xorijiy sarmoyadorlar uçun yaratib berilayotgan şart-şaroitlar va imtiyozlar töğrisida batafsil sözlab berdi.

Şuningdek, Özbekiston va Eron örtasidagi savdo aylanmasi mavjud salohiyatga javob bermasligi va özaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazişga barça imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Hamadon Savdo-sanoat, konlar va qişloq xöjaligi palatasi raisi Rahim Mortazai ikki tomonlama savdo hajmini oşiriş borasida yuqori natijalarga eriş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.