Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning boşqa mamlakatlarga nisbatan sönggi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi. 

«Yadro uruşida ğolib bölmaydi, Xitoy barça tomonlarni vazminlikni saqlaşga çaqiradi», dedi vazirlik matbuot kotibi Mao Ning. 

Uning sözlariga köra, tomonlar keskinlik va strategik xavflarni kamaytiriş uçun birgalikda harakat qilişi zarur. 

«Biz barça tomonlarni muvozanat va vazminlikni saqlaşga hamda muloqot va maslahatlaşuvlar orqali muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik arxitekturasini qurişga çaqiramiz», deb ta’kidladi TIV vakili. 

Rossiya agar mağlubiyatga uçrasa, bosib olingan Qrimga hujumlar uyuştirilsa, ayrim turdagi qurollar Ukrainaga topşirilsa va Ğarb qöşinlari frontga jönatilsa, yadro qurolidan foydalanişga bir neça bor va’da bergan. 

Yevropaning 20 nafar yetakçisi şu hafta Parijda uçraşib, Ukrainadagi uruşni muhokama qildi. Keyinroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga kelajakda qöşin yuboriş imkoniyatini muhokama qilişganini aytdi. 

Kremlning ta’kidlaşiça, bu «Rossiya va NATO örtasidagi töğridan-töğri töqnaşuv ehtimoliga emas, balki muqarrarligiga» olib keladi. Keyinçalik Putin dunyoga yadro uruşi va «fojiali oqibatlar» bilan tahdid qilgan edi.