Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel Ğazo sektorida gumanitar yordam tarqatiş çoğida yuz bergan halokatli holatdan hayratda ekanini bildirdi. U 29 fevral kuni keçki payt X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida: «Ğazoda gumanitar yordamga muhtoj bölgan tinç aholi orasida yana bir qon tökilişi holati haqidagi xabar meni dahşatga soldi», deb yozdi.
«Odamlarni oziq-ovqat yordamidan mahrum qiliş xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilişidir», - deya qöşimça qildi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari va Ğazo sektoridagi aholi punktlariga insonparvarlik yordamining tösiqsiz kirişiga çaqirdi. Öz xabarida Borrel aniq ayblovlarni keltirmadi.
Undan farqli ravişda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 mart, juma kuni erta tongda X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida «tinç aholi Isroil askarlari tomonidan nişonga olingan Ğazodan bizga yetib kelgan suratlar»dan ğazabini bildirdi.
Fransiya taşqi işlar vaziri Stefan Sejurne 1 mart kuni France Inter radiosi orqali Fransiya oziq-ovqat yordami kelişi paytida Ğazo şahrida yuzdan ortiq odam halok bölganiga oydinlik kiritişni talab qilişini aytdi. «Nima bölganini aniqlaş uçun mustaqil tergov ötkazilişi kerak», dedi u.
Ayni paytda, Qöşma Ştatlar sodir bölgan voqealarning turli versiyalarini «tekşirişda iştirok etayotganini» bildirdi. Vaşingtonda jurnalistlar bilan suhbatda mamlakat prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS taşkiloti örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi «ehtimol, duşanba (4 mart)gaça örnatilmasligi» haqida fikr bildirdi.
Ğazoda yordam uçun navbatda turgan 112 kişi halok böldi.
Ğazo sektori rasmiylari 29 fevral kuni insonparvarlik yordami uçun navbatda turgan 112 kişining ölimida Isroilni aybladi. Bundan taşqari, 800 ga yaqin odam jarohatlangan, dedi Ğazo sektoridagi soğliqni saqlaş vazirligi rasmiysi. Öz navbatida, Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) önlab falastinliklar tiqilinç qurboni bölganini da’vo qilmoqda.
TsAHAL, Falastin tomoni va HAMAS taşkiloti vakillarining fojia sabablari borasidagi bayonotlari turliça. Ayni damda mustaqil manbalar orqali sodir bölgan voqea biron bir versiyasini tasdiqlaşning iloji yöq.
AFP’ning guvohlarga tayanib xabar berişiça, gumanitar yordam karvonini qöriqlayotgan isroillik askarlar yuk maşinalari tomon oşiqqan olomonga qarata öt oçgan. Otişmalarni tasdiqlagan Isroil xavfsizlik rasmiylari harbiylar yordam karvoniga qarab harakatlangan olomonda tahdidni körgani uçun bu yuz berganini bildirdi. Öz navbatida, Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu idorasi vakili qurbonlarning köpçiligini yuk maşinalari bosib ketgan yoki olomon oyoği ostiga tuşib qolgan.













