Pokiston musulmon ligasi partiyasi raisi Şahboz Şarif Pokistonning yangi boş vaziri etib saylandi. Milliy majlisda (parlamentning quyi palatasi) ötkazilgan ovoz beriş jarayoni PTV News telekanalida translatsiya qilindi.
Şarif uçun parlament quyi palatasi yangi çaqiriğidagi 336 nafar deputatdan 201 nafari ovoz bergan. Uning hukumat rahbarligi uçun kuraşdagi raqibi, «Adolat uçun harakat» partiyasi boş kotibi, Milliy majlisning yangi çaqiriğiga mustaqil nomzod sifatida kirgan Umar Ayub Xon 92 ovoz oldi. Şarif endi 4 mart kuni qasamyod qiladi.
Milliy majlis yiğilişi Pokiston musulmon ligasi partiyasi vakili bölgan Sardor Ayoz Sodiq spikerligida ötkazildi, yiğiliş «Sunniylar yagona kengaşi» (Sunni Ittehad Council, SIC) deputatlari uyuştirgan norozilik aksiyasi tufayli bir soat keç boşlandi.
Şarif Pokistan hukumatiga 2022 yil aprelida 2023 yil avgustiga qadar rahbarlik qilgandi. Undan avvalgi boş vazir, öşa vaqtda «Adolat uçun harakat» partiyasi rahbari bölgan Imron Xon işonçsizlik votumi bildirilişi natijasida lavozimdan ketkazilgandi.
Ayni vaqtda 72 yoşda bölgan Şarif avvalroq Pokistonning aholisi eng ziç joylaşgan Panjob viloyatida vazir bölib işlagan va 2023 yil uzoq muzokaralardan söng Xalqaro valuta jamğarmasi bilan kelişuvga erişib, moliyaviy inqirozning oldini olişda muhim rol öynagandi.













