Surxondaryo viloyati Denov tumanida YPX xodimi Cobalt maşinasida harakatlanayotib maktab öquvçisini urib yuborgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 28 fevral kuni Denov tumani Istiqbol mahallasi hududidan ötuvçi 4R-108V avtomobil yölida sodir bölgan.
Şu kuni soat 19:05 larda viloyat IIB JXX YHXB saf bölinmalari YPX batalyoni mobil qurilmalaridan foydalaniş guruhi haydovçi-operatori safdor A.Q. Cobalt xizmat maşinasini boşqarib kelib, piyodalar ötiş joyiga yetmasdan yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan E.J.ni urib yuborgan.
Oqibatda 2006 yilda tuğilgan, 11-sinf öquvçisi boş miya çayqalişi taşxisi bilan Denov tumani markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Öquvçining soğligi yaxşi.













