Bugun, 2 mart kuni Toşkentda dzyudo böyiça «Katta dubulğa» turnirining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Boş direkori Vlad Marinesku, MOQ raisi örinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Komilov iştirok etişdi.
Marosimda Vlad Marinesku Toşkent musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik körgani, ikki yil muqaddam ötgan jahon çempionatining taqdirlaş marosimida Prezidentimizning şaxsan qatnaşgani dzyudoga bölgan e’tiborning yuqori ekanini bildirdi. Öz örnida Adham Ikramov davlatimiz tomonidan dzyudo ommaviyligini oşirişga ulkan ahamiyat qaratilayotgani, qolaversa, Parij-2024 Olimpiya öyinlarida dzyudoçilarimizdan ulkan natijalar kutilayotgani haqida töxtaldi. Şu qatorda Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov ham bu boradagi fikrini bildirdi.

«Bu kabi nufuzli musobaqalarga mezbonlik qiliş — Toşkent uçun odatiy holga aylanyapti. Tadbirning oçiliş marosimida iştirok etgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi Boş direktori, janob Vlad Marinesku ham musobaqaga yuksak tayyorgarlik körilganini qayd etdi. Musobaqada dzyudoçilarimiz munosib iştirok etişiga işonçim komil. Olğa Özbekiston!», - deydi Otabek Umarov.
Ma’lumot uçun, «Humo arena» mezbonligida ötayotgan turnir 3 mart kuniga qadar davom etadi. 1 mart kuni start olgan bahslarda hamyurtlarimiz musobaqa çempionligi bilan birga Parij-2024 Olimpiya öyinlari yölida muhim reyting oçkolari uçun kuraş olib borişmoqda.












