Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi haftaning har shanba kuni ishlaydigan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uning o‘rnida 6 ta arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joy quriladi.
Avtobozor xalqaro ahamiyatdagi A–373 M–39 avtoyo‘li–Guliston–Bo‘ka–Angren–Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining 15-kilometridagi «Anor sotish va aholiga boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatish majmuasi» hududida ish boshlaydi.















