«Suğurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirişning kompleks çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2024 yil 1 sentabrdan:
- suğurtaning barça turlari böyiça suğurta (qayta suğurta) şartnomalarini yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali röyxatdan ötkaziş va suğurta polislarini uşbu tizim orqali rasmiylaştiriş majburiy hisoblanadi;
- barça suğurta turlari böyiça suğurta polislarini faqat qoğoz şaklda rasmiylaştiriş amaliyoti bekor qilinadi;
- suğurta polislarini yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali rasmiylaştirmaslik ularni haqiqiy emas deb topişga asos böladi hamda suğurtalovçi tomonidan litsenziya talablari va şartlarini bir marta qöpol ravişda buziş hisoblanadi;
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi suğurtalovçilar tomonidan körsatiladigan suğurta xizmatlari sifati böyiça suğurtalovçilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Quyidagilarga şartnomalarning öz vaqtida rasmiylaştirilişini ta’minlaş majburiyati yuklatiladi:
- Coliq qömitasi va Transport vazirligiga iş beruvçining va taşuvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş şartnomalarini;
- Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasiga xavfli işlab çiqariş obektida avariya yuz bergan taqdirda boşqa şaxslarning hayoti, soğliği yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uçun fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş şartnomalarini;
- Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga obektlarni davlat mablağlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etişda quriliş tavakkalçiliklarini majburiy suğurta qiliş şartnomalarini.













