“Özbekiston – 2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi prezident farmoniga köra, dastlabki bosqiçda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoşlar qamrab olinadi.

Farmonga köra, 2024 yil 1 martdan “Yoşlar daftari” jamğarmasi mablağlari yoşlarni çet tillari va kasb-hunarga öqitiş maqsadlariga yönaltiriladi.

Yoş xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga örgatiş uçun “Qizlar akademiyasi” platformasi işga tuşiriladi. 

Hujjatda qayd etilişiça, bu orqali yoş xotin-qizlar uçun turli tanlov, loyihalar, öquv oromgohlari, stajirovkalar taşkil etiladi.