Prezidentga yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimoti doirasida “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” raqamli platformasini işga tuşiriş loyihasi taniştirildi va ma’qullandi.

Ma’lum qilinişiça, platformaga 16 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Bu ma’lumotlarni real vaqt rejimida yiğiş va tahlil qiliş imkonini beradi.

Tizim 22 ta iqtisodiyot tarmoği, 85 ta soha, 14 ta hudud va 208 ta tumanni qamrab oladi. U 100 dan ortiq xavf mezonlari asosida sohalar va hududlarni avtomatik tarzda «yaşil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratadi.

Platforma litsenziyasiz faoliyat yuritiş, haqiqiy tovar aylanmasini yaşiriş, iş örinlari va mehnatga haq tölaş jamğarmasini kam körsatiş, şuningdek, rentabellik va foydani sun’iy ravişda pasaytiriş kabi holatlarni avtomatik tarzda aniqlaydi.

Taqdimotda qayd etilişiça, sönggi ikki yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 35 foizdan 23 foizgaça qisqargan. Bu hisobidan davlat budjetiga qöşimça 38 trillion söm tuşum ta’minlangan, rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oşgan, örtaça oylik iş haqi esa qariyb 6,5 million sömga yetgan.

2030 yilga qadar yaşirin iqtisodiyot hajmini yana ikki barobar qisqartiriş, band aholi sonini 14 million nafarga yetkaziş hamda naqdsiz tölovlar uluşini 75 foizgaça oşiriş rejalaştirilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, platformaning tahliliy imkoniyatlari nazorat organlari faoliyatini aniq yönaltiriş, inson omilini kamaytiriş va muammolarni tuman darajasidan respublika miqyosigaça tezkor yetkaziş imkonini yaratadi.