Janubiy Koreya va Qöşma Ştatlar örtasida «Ozodlik qalqoni» deb nomlangan yillik qöşma harbiy maşğulotlar rejalaştirilganidek, 4 mart, duşanba kuni boşlandi, deya xabar beradi Seuldagi mudofaa vazirligi.

11 kunlik manyovrlar kompyuter simulyatsiyasi böyiça harbiy tayyorgarlik, şuningdek, dala maşğulotlarini öz içiga oladi. Bu yilgi maşğulotlarning asosiy elementi, Janubiy Koreyaga köra, KXDR tomonidan yuzaga kelişi mumkin bölgan yadroviy tahdidga qarşi maşq qilişdan iborat. Qayd etilişiça, manyovrlar kuçaygan keskinlik, «ğarbiy dengiz çegarasi yaqinida artilleriya otişmalari va Pxenyandan bir qator raketa uçirişlar» fonida boşlandi.

Janubiy Koreya va Yaponiya Pxenyanning yadroviy va raketa dasturlarini öziga töğridan töğri tahdid deb hisoblaydi, deya eslatadi dpa agentligi. Öz navbatida, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In rejimi AQŞni duşman davlat sifatida köradi.

«Ozodlik qalqoni» maşqlari haqida 

Seul va Vaşington mudofaa departamentlariga köra, «Ozodlik qalqoni» maşqlari «mudofaa, jumladan kiber va axborot makonida, şuningdek, «jang maydoni»ga aylanişi mumkin bölgan kosmosda teng darajada köp ölçovli dasturdir». 

Maşğulotlarga jalb etilgan harbiy xizmatçilar soni hozirça ma’lum qilinmagan. Ayni paytda, Janubiy Koreyaning Renxap agentligi ma’lumotlariga köra, 1953 yildagi Koreya sulh bitimiga rioya etilişini nazorat qiluvçi BMT qömondonligiga a’zo 12 davlat xodimlari manyovrlarda iştirok etadi. Maşqlar Neytral davlatlar kuzatuv komissiyasi (NNSC) tomonidan nazorat qilinadi. 

Renxap eslatişiça, «Ozodlik qalqoni-2024» maşğulotlari Pxenyan 2023 yil noyabrida çegaradagi keskinlikni kamaytirişga qaratilgan 2018 yildagi Koreyalararo harbiy kelişuvni bekor qilganidan beri birinçisi bölib, öşa harakat «Şimolning provokatsion harbiy harakatlar sodir etişi mumkinligidan xavotir uyğotadi».