Farğona viloyati, Quvasoy şahrida yaşovçi ayol ijtimoiy tarmoqda eri bilan urişib, unga bolalarini qiynagani tasvirlangan videoni yuborgani aniqlandi. Bu haqda Farğona viloyati IIB xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, ayol şar’iy nikohdagi eri bilan ijtimoiy tarmoqda urişib qolgan. Söngra, jahl ustida bolalarini urib, ularga ruhiy tazyiq ötkazib, haqorat qilgan. Buni videotasvirga olib, eriga yuborgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.