Rossiyaning «Rosneft» konserni tomonidan yollangan Malmendier Legal yuridik firmasi öz nemis biznesini Germaniya şarqidagi Şvedt neftni qayta işlaş zavodiga sotiş rejalarini tasdiqladi. «Töğri, «Rosneft» Germaniyadagi aktivlarini sotiş imkoniyatini jiddiy körib çiqmoqda», — deya xabar berdi kompaniya 4 mart, duşanba kuni Reuters axborot agentligining söroviga javoban. 

Javobda, şuningdek, «Rosneft» hali ham Germaniyani energiya taşuvçilar bilan ta’minlaşi mumkinligi, ammo buning uçun siyosiy şaroitlar hozirda qiyinligi aytiladi. Sotişni osonlaştiriş uçun Germaniya hukumati özining nemis şu’ba korxonasi Rosneft Deutschland nazoratini Rossiya konserniga qaytarişi va işonçli boşqaruv muddatini uzaytirmasligi mumkin, ammo u uzaytirilişi kutilmoqda, deya ta’kidlanadi ma’lumotda. 

Berlin Rosneft Deutsçland’ni milliylaştiriş imkoniyatini örganmoqda 

Avvalroq Germaniya iqtisodiyot vazirligi Rosneft Deutschland aktivlarini milliylaştiriş imkoniyatlarini örganayotgani ma’lum bölgandi, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Rossiyaning «Rosneft» konserniga töliq tegişli bölgan Rosneft Deutschland Brandenburg federal yeridagi Şvedt neftni qayta işlaş zavodi egalaridan biri hisoblanadi.

Rosneft aktivlari 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan söng, birinçi navbatda Berlin, uning atrofi va Polşa ğarbiy qismi uçun energiya xavfsizligini ta’minlaş maqsadida Germaniya hukumati işonçli boşqaruviga ötkazildi. Boşqaruv muddati mart oyida tugaydi. Ayrim sarmoyadorlar Germaniyaning törtinçi yirik neftni qayta işlaş zavodi bölgan Şvedt zavodiga sarmoya kiritiş imkoniyatini Rosneft Deutschland kompaniyasi ketişi bilan boğlamoqda.