Yevropa komissiyasi (YeK) iOS operatsion tizimi foydalanuvçilari uçun musiqa striming xizmatlari bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilgani uçun Apple’ni 1,8 milliard yevrodan ortiq jarimaga tortdi. Bu haqda 4 mart, duşanba kuni e’lon qilingan YeK press-relizida aytilgan.

Tekşiruv şuni körsatdiki, Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarşi qonunlarini buzgan holda, taxminan 10 yil davomida musiqa strimingi ilovalarini işlab çiquvçilarga iOS foydalanuvçilarini App Store dökonidan taşqarida mavjud bölgan muqobil va arzonroq musiqa obuna xizmatlari haqida xabardor qilişni taqiqlab qöygan. 

Yevropa komissiyasining press-relizida qayd etilişiça, kompaniya siyosati «foydalanuvçi tajribasi yomonlaşuviga» olib kelgan bölişi mumkin, çunki Apple qurilmalari egalari App Store ilovasidan taşqarida yaxşiroq takliflarni izlaş uçun murakkab qidiruvlarni amalga oşirişga majbur bölişi kerak edi.

Apple’ga nisbatan suriştiruv 2019 yilda Spotify striming xizmati tomonidan Amerika kompaniyasi ustidan şikoyat qilinganidan keyin boşlangan.