Bugun va ertaga Özbekiston hududi böyiça iş haftasining boşida boşlangan havo harorat asta-sekin kötarilişi davom etadi.

Havo harorati keçalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari 7 martda +13...+16 daraja, 8 martda +17...+20 daraja atrofida böladi.

“Özgidromet” xabariga köra, bugun kunduzi respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Ertaga hududning katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida va kunning ikkinçi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin.

9-11 mart kunlari Özbekiston böyiça beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublika hududi böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Harorat foni ança yuqori bölişi saqlanib turadi, keçalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja böladi.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gaça kuçayadi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Poytaxtda 7-8 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi, 9-11 martda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 9 martda 12-15 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja böladi.