Şu maqsadda, bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasi moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (IFRS) birinçi bor qöllaş orqali 2022-2023 yillar yakuni bilan ular jahonda tan olingan “Katta törtlik” (Big four) xalqaro auditorlik kompaniyasi Deloitte tomonidan auditdan ötkazilmoqda.

Uşbu jarayonda “Navoiyuran” davlat korxonasining birinçi xalqaro kredit reytingini qölga kiritiş maqsadida xalqaro kredit reyting agentliklari bilan muzokaralar olib bordi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 6 mart sanasida Toşkent şahrida “Fitch Ratings on Uzbekistan” tadbiri doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi örtasida şartnoma imzolaşga erişildi.

Mazkur şartnoma doirasida, Fitch Ratings joriy yilning sentabr-oktyabr oylarida “Navoiyuran” davlat korxonasida 2022-2023 yillarda amalga oşirilgan transformatsiya tadbirlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan hisobotlari halqaro talablar asosida baholanadi va korxonaga halqaro kredit reyting oliş çoralari köriladi.

Mazkur tadbirda Fitch Rating tomonidan respublikamizning yirik taşkilotlari tomonidan xalqaro kredit va ESG reytinglarining qölga kiritilişi, xalqaro reytinglar böyiça yangilik va özgarişlar xaqida panel sessiyalari bölib ötdi.

Şu bilan birga, “Navoiyuran” davlat korxonasi va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi örtasida korxonada atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boşqaruv böyiça ESG tamoyillari joriy etilayotganligini baholaş va Sustainibility (“Barqarorlik”) ESG reytingini oliş böyiça muzokaralar ötkazildi.