Toşkent şahri Mirobod tumani «Fayziobod» mahallasida joylaşgan Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimi zamonaviy diagnostika markaziga aylantirildi.

Markazda davlat raqam belgisi va texpasport beriş jarayoni ança soddalaştirilgan. Ilgar bu jarayonlar uçun 2-3 soat ketgan bölsa, hozirda bu işlar uçun taxminan 15 daqiqa yetadi.

Markazda nafaqat maşinalarga davlat raqami va «texpasport» beriladi, balki endilikda avtomobildan ekologiyaga çiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekşiriladi. 

Ekologik tekşiruv natijasidan kelib çiqib «qizil» (juda yomon), «sariq» (örtaça) yoki «yaşil» (ekologik toza) yorliq (stiker) maşinaning old oynasiga yopiştiriladi. 

Bu stikerlar nima qilib beradi? 

Gap şundaki, hozirgi ekologik vaziyatdan kelib çiqib, Toşkent şahar hududi bir neçta ekologik zonalarga ajratilişi kutilmoqda. Ya’ni transport vositalarining havoga çiqarayotgan zararli moddalari darajasiga köra (stiker rangiga qarab) ayrim ekologik zonalarga kirişi çeklanadi. 

Agar bu zonalarga qizil yoki sariq stikerli maşinalar kirsa nima böladi? 

Tartibga amal qiliş avtomatlaştirilgan kameralar orqali nazorat qilinadi va qoidani buzganlarga jarima yoziladi. Tuşgan jarimalar esa öşa hududning ekologik holatini yaxşilaşga sarflanadi. 

Markaz faoliyatini taşkil etişda Germaniya, Belgiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar şaharlarining ekologik muhitini muhofaza qiliş sohasidagi ilğor tajriba inobatga olingan. 

Kelgusida respublika böylab 84 ta röyxatga oliş-diagnostika markazlarini hamda YHXXning 216 ta hududiy tuman bölinmalarini maşinalarni ekologik diagnostika qiladigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş rejalaştirilmoqda.