Hyundai Motor North America kompaniyasi simlar bilan boğliq muammo sabab 42 mingdan ortiq avtomobilini çaqirib olişini ma’lum qildi, deb xabar beradi NBC News.
AQŞ Yöl harakati xavfsizligi milliy boşqarmasi (NHsA) 2025 yilgi Hyundai Tucson va Hyundai Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan çiqib ketişi mumkinligidan ogohlantirdi — bu avariyalar yoki jarohatlar sonining oşişiga olib kelişi mumkin.
Janubiy Koreya avtomobil kompaniyasining yuqorida nomi keltirilgan AQŞdagi modellari, xususan, 35,5 mingdan ortiq Tucson va 6,9 ming Santa Cruz çaqirib olinadi. NHsA’ga köra, uşbu avtomobillarning 1 foizida nuqson mavjud.
Tucson — 28 ming dollardan qimmatroq narxda sotiladigan krossover, Santa Cruz esa narxi 33 ming dollardan boşlanadigan pikap va yöltanlamas gibridi.
Hyundai kompaniyasi sotuvga çiqarilgan avtomobillar bilan boğliq jarohatlar, ölim holatlari, avariya yoki yonğinlar töğrisida heç qanaqa ma’lumotlar kelib tuşmaganini bildirdi. NHsA ma’lumotlariga köra, bu Hyundai avtomobillarining yagona çaqirib oliniş holati emas.
Kompaniya, şuningdek, 145 mingdan ziyod Genesis va IONIQ elektromobillarini çaqirib oladi. Bunga akkumulyatorlarni quvvatlantiriş tartibini işdan çiqaradigan quvvat boşqaruvi blokidagi muammolar sabab bölmoqda.













