Çexiya hukumati yaqin oylarda Slovakiya vazirlar mahkamasi bilan qöşma yiğilişlarni töxtatmoqda. Bu haqda 6 mart kuni keçqurun Çexiya vazirlar mahkamasi ma’lum qildi. «Ba’zi juda muhim masalalarda kelişmovçiliklar borligini yaşirib bölmaydi», dedi Çexiya boş vaziri Petr Fiala. Şuningdek, u Slovakiya taşqi işlar vaziri Yuray Blanar va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov örtasida mart oyi boşida Antaliyada bölib ötgan yopiq uçraşuvni «muammoli» deb hisoblaşini qöşimça qildi.
Bunga javoban Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Çexiya rasmiylarining qarorini tanqid qildi. «Biz slovaklar va çexlar örtasidagi munosabatlarga tahdid uyğotadigan yoki çex-slovaklarning birgalikda yaşaşiga heç qanday aloqasi bölmagan boşqa sabablar tufayli xavf kelib çiqişiga yöl qöymaymiz», dedi u 7 mart, payşanba kuni CTK Çexiya axborot agentligiga.
Slovakiya va Çexiya 1993 yilgaça yagona davlat edi. 2012 yildan buyon ikki davlat hukumatlari muntazam uçraşuvlar ötkazib kelmoqda.
Robert Fitsoning Ukrainaga qarşi kursi
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri Slovakiya hukumati Kiyevga katta miqdorda gumanitar va harbiy yordam körsatdi. Rossiyaparast nomzod Robert Fitsoning populistik partiyasi 2023 yil oktyabr oyida bölib ötgan parlament saylovlarida ğalaba qozonganidan söng Slovakiya taşqi siyosati keskin özgardi. Boş vazir lavozimiga kirişganidan ikki kun ötib Fitso Ukrainaga harbiy yordam berişni töxtatganini e’lon qildi.













