AQŞ sanksiyalar röyxatiga Rossiyaning «Broker Ekspert» kompaniyasi va Markaziy Afrika Respublikasida röyxatdan ötgan Bois Rouge SARLU’ni qöşdi, ular «Vagner» XHK bilan aloqador bölişi mumkin. Bu haqda 8 mart, juma kuni mamlakat Moliya vazirligi ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, ikkala taşkilot ham Markaziy Afrika Respublikasida «Rossiyaning zararli faoliyati»ga hissa qöşgan. 

«Qöşma Ştatlar Rossiyaning Afrikadagi noqonuniy va beqarorlaştiruvçi faoliyatini ta’minlovçi tarmoqlarni buzişga e’tibor qaratmoqda», - dedi moliya vazirining terrorizm va moliyaviy razvedka masalalari böyiça örinbosari Brayan Nelson. 

«Broker Ekspert» kompaniyasi, Amerika tomoniga köra, Yevgeniy Prigojin bilan aloqador bölgan Markaziy Afrika Respublikasi va Sudandagi kompaniyalarga mahsulot yetkazib bergan. Bois Rouge SARLU «Vagner» XHK mahalliy hokimiyat organlariga körsatgan xizmatlari evaziga tabiiy resurslarni qazib oliş sohasida davlat mulki böyiça işlaş uçun MAR hokimiyati bilan şartnoma tuzdi. 

«Vagner» XHKning MARdagi faoliyati 

«Vagner» yollanma askarlari 2018 yil 31 martdan beri Markaziy Afrika Respublikasida. Dastlab ular mamlakat prezidenti Fosten-Arşanj Tuader rejimini isyonçilardan himoya qilgan. Mahalliy muxolifat «rossiyaliklar mamlakatni egallab olgan» deb da’vo qiladi. 

2018 yil iyul oyida Markaziy Afrika Respublikasida «vagnerçilar» faoliyati haqida suriştiruv filmini suratga oliş uçun borgan uç nafar rossiyalik mustaqil jurnalist öldirildi. Keyinçalik «Dose» markazi suriştiruvçilari jurnalistlarning öldirilişini «Vagner» XHK bilan boğladi.