Çexiya Ukrainaga birinçi marta 300 mingta öq-dori yetkazib beriş uçun yetarli mablağ töplaşga muvaffaq böldi. Bu haqda 8 mart, juma kuni Çexiya boş vaziri Petr Fiala ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Fiala Çexiyaning Yevropa Ittifoqiga kirmagan mamlakatlardan Ukraina uçun öq-dorilar sotib oliş taşabbusiga qöşilgan barça mamlakatlarga minnatdorçilik bildirdi, şuningdek, Praga bu borada Kiyevga köproq harbiy yordam ötkaziş niyatida etkanini qöşimça qildi. «Bizning işimiz va Ukrainaga yordamimiz şu bilan tugamaydi. Ukrainani Rossiyaga qarşi dadil kuraşida qöllab-quvvatlaş uçun hamkorlar izlaşda davom etamiz», - deb yozadi siyosatçi.
Çexiyaning Ukrainaga harbiy yordam körsatiş taşabbusi
Fevral oyi örtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi çoğida Çexiya prezidenti Petr Pavel bir neça hafta içida Ukrainaga 500 mingta 155 mm kalibrli artilleriya va 300 mingta 122 mm kalibrli artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Pavel uçinçi mamlakatlardan öq-dorilarni sotib olişni taklif etdi. Uning sözlariga köra, bunday kelişuv Ukrainaning boşqa ittifoqçi davlatlari moliyaviy iştiroki bilangina mumkin böladi.
Bir kun avval, 7 mart kuni Çexiya prezidenti snaryadlarni sotib oliş taşabbusiga Yevropaning 18 davlati, jumladan, Fransiya va Germaniya qöşilganini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, Çexiya öq-dorilarning birinçi partiyasini xarid qiliş uçun yetarli mablağni yiğişga muvaffaq bölgan.













