Xalqaro xotin-qizlar kunida Coca-Cola öz huquqlari va imkoniyatlariga işongan, şuningdek özini ta’minlay oladigan ayol jamiyatning soğlom rivojlanişi garovi ekanini eslatib ötmoqçi. Ayollar öz daromadinining katta qismini farzandlari salomatligi va ta’lim olişiga sarflaydi, bu esa öz navbatida nafaqat ayni vaqtda, balki bir neça yil keyingi iqtisodiyot rivoji demakdir. Aynan şuning uçun ham ayollarni qöllab-quvvatlaş va ularning kasbiy rivojlanişi kompaniya uçun nafaqat global, şu jumladan Özbekiston kesimida ham ustuvor vazifa sanaladi.
Coca-Cola kompaniyasining içki va taşqi kun tartibi BMTning bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni uçun e’lon qilgan şiori bilan hamohang jaranglaydi - "Ayollarga sarmoya: jarayonning tezlaşuvi demak".
Kompaniya ayollarning kasbiy va şaxsiy rivojlanişga erişişiga imkon beruvçi inklyuziv muhit yaratişga qaratilgan harakatlarini saqlab qoladi. Coca-Cola kompaniyasi 2030 yilgaça global top-menejyerlarning 50%i ayollardan iborat bölişi mas’uliyatini böyniga olgan.
Bugungi kundayoq Özbekistondagi Coca-Cola tizimida bu maqsadga deyarli erişilgan: top-menejmentdagi xodimlarning 43%ini ayollar taşkil qiladi.
Coca-Cola kompaniyasi uçun şuningdek, xomaşyo yetkazib berişdan tortib umumiy ovqatlaniş muassasalari va dökonlargaça butun işlab çiqariş tizimidagi gender notengligi masalasini yeçişda kömaklaşiş ham muhimdir. Köp hollarda ayollar jamiyatdagi stereotiplar tufayli "erkaklarniki" deb qaraladigan kasblarni tanlamaydi. Ammo aynan şu kasblarga "ayollarniki" deb qaraladigan işlardan köproq haq tölanadi. Va şunisi ham aniqki, stereotiplarni özgartiriş uçun imkoniyat berişning özi kamlik qiladi, buning uçun jamiyatdagi şakllangan qaraşlarni ham özgartiriş kerak. Barçasi oddiy qöllab-quvvatlaş va ilhomlantirişdan boşlanadi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Coca-Cola tizimida işlovçilar öz ilhomlari va kasbiy yutuqlari bilan bölişdi xamda öz muvaffaqiyatlari bilan boşqalarni ilhomlantirib, Özbekiston rivojiga hissa qöşib kelayotgan turli sohalardagi ayol ekspertlar bilan muloqot qilişdi. Bu Özbekiston rivojiga tösqinlik qilayotgan, jamiyat va ayollarda şakllangan stereotiplarni özgartirişga xizmat qiluvçi kiçik hissa bölişi mumkin. Mazkur qadam Özbekiston ayollariga ularning ilhomlantiruvçi namunalari uçun minnatdorlik bildirişning ajoyib imkoniyati böldi. Coca-Cola çellenji iştirokçilariga sovğa sifatida Özbekistondagi maşhur LALI brendi va Coca-Cola Özbekiston hamkorligidagi qizil sumka tanlandi. U ayol öz ilhomi va yaqinlarining qöllab-quvvatlovi bilan istagan narsasiga erişa olişi timsolidir. 8 mart kun davomida ayollar uçun tabriklar Coca-Cola Özbekiston korporativ sahifasiga joylanib boradi.











