Ğazo sektoriga qöşimça yordam yetkaziş uçun rejalaştirilgan dengiz gumanitar yölagi yaqin bir neça kun içida işga tuşadi. «Biz yölakni oçişga yaqinmiz, umid qilamanki, u şanba, yakşanba kuni oçiladi», dedi Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen 8 mart, juma kuni Kiprning Larnaka port şahrida Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis bilan uçraşuvda.

Gumanitar yuklar Larnakadan dengiz orqali Ğazo sektoriga yetkaziladi. Fon der Lyayyen sözlariga köra, loyihani Yevropa Ittifoqidan taşqari Birlaşgan Arab Amirliklari va Qöşma Ştatlar ham qöllab-quvvatlaydi, biroq unda asosiy rolni köp oylar davomida Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berişni taşkil etişga urinib kelayotgan Kipr öynaydi.

Yirik dengiz portining yöqligi muammosi

Birinçi kema yanvar oyida Falastin hududiga jönab ketgan, biroq Ğazo sektori qirğoqlaridagi portlar yirik kemalar uçun yetarliça çuqur bölmagani uçun Misrda töxtaşga majbur bölgan. 

Muammoni hal qiliş uçun Qöşma Ştatlar xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Falastin mintaqasi qirğoqlarida bandargoh quriş niyatida, ammo hozirça vaqtinçalik yeçim sifatida gumanitar yordamni yirik kemalardan kiçik kemalarga qayta yuklaş taklif qilinmoqda. Şuningdek, Ğazo sektoriga olib boriş uçun Isroil va Misrga gumanitar yuklarni topşiriş varianti ham bor. 

YeI portidan yuklarni jönatiş Falastinning HAMAS harakati jangçilari uçun Ğazo sektoriga qurol-yaroğ olib ötişning oldini olişga möljallangan. 

Germaniya loyihada iştirok etişi mumkin 

Germaniya ham Ğazo sektoridagi muhtojlarga dengiz orqali yordam yetkazib berişda iştirok etadi. Spiegel naşri yozişiça, ayni damda Bundesver Germaniya floti dengiz köprigining işlaşiga qanday hissa qöşişi mumkinligini örganmoqda. Naşr ta’kidlaşiça, hozirça gap faqat tegişli sörov kelib tuşgan taqdirdagina dastlabki tahlil haqida bormoqda. Nemis dengiz floti loyihada haqiqatan ham iştirok etadimi yoki yöqmi, bu masala noma’lum. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.