Özbekistonning Öş şahridagi boş konsulxonasi xodimlari Qirğizistonning Jalolobod viloyatidagi "Bay-Muras Xolding" mas’uliyati çeklangan jamiyati direktori Mamataji öğli Husanboy bilan muzokara ötkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Uçraşuvda Özbekiston–Qirğiziston turkompaniyalari örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş, birgalikda turizm va savdo yarmarkalarini taşkil etiş, uşbu mamlakatdan sayyohlar oqimini köpaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Mamataji öğli Husanboy Xiva 2024 yilda "Islom dunyosining turizm poytaxti" deb e’lon qilinganligini alohida qayd etdi. U, şuningdek, uşbu yil doirasida joriy may oyida Xiva şahrida ötkaziladigan yirik uçraşuvlar, körgazmalar va madaniy tadbirlarda Jalolobod viloyati rasmiy idora hamda sayyohlik kompaniyalari vakillarining iştirokini taşkil etişga amaliy yordam berişga tayyorligini bildirdi.
Muloqot yakunida Jalolobod şahrida Özbekiston va Qirğiziston sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida davra suhbati, işbilarmon doira vakillari örtasida V2V formatidagi muzokaralar taşkil etiş, şuningdek, Özbekiston böylab sayyohlik turlarini işlab çiqiş töğrisida kelişib olindi.













