Kiberxavfsizlik bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Toşkent şahri, Yaşnobod tumanida yaşovçi 20 yoşli N.A. qölga olindi. U odamlarning pullarini internet orqali öğirlab kelgan.
Qayd qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati, Mirişkor tumanida yaşovçi 35 yoşli fuqaro içki işlar organiga murojaat qilib, bank kartasidan 43,2 mln söm miqdoridagi pul mablağlari öğirlanganini aytgan.
Kiberxavfsizlik bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent şahri, Yaşnobod tumanida yaşovçi 20 yoşli N.A. sodir etgani aniqlangan.
U internet foydalanuvçilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi havolani jönatib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qölga kiritiş orqali pullarni öğirlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.













