Angliya: Havers hal qildi

«Arsenal» – «Brentford» 2:1
Gollar: 1:0 – 19 Rays, 1:1 – 45 Vissa, 2:1 – 86 Havers.
«Arsenal» – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinçenko, 79), Jorjinio (Gabriel Jyezus, 70), Edegor, Rays, Havers, Trossar (Nelson, 79), Saka.
«Brentford» – Flekken, Roerslev, Yorgensen, Ayyer, Kollinz, Quddus, Damsgor, Nergor (Yyensen, 34), Yanelt, Oniyeka (Yarmolyuk, 78), Vissa (Mope, 78), Touni, Lyuis-Potter.
Ogohlantirişlar: Oniyeka (4), Gabriel (10), Yorgensen (21), Havers (45), Vissa (72).

Qişning ikkinçi oyida «Arsenal» APLdagi barça tört öyinida ğalaba qozondi, raqiblar darvozalariga jami 21 gol urildi, Mikel Arteta fevral oyining eng yaxşi murabbiyi deb topildi, uning jamoasining ğalabali seriyasi yetti öyinga yetdi. 

Bu safar ham uydagi öyin darhol vaziyatlar yaratilişi bilan boşlandi. Zarbalar oldingi öyinlardagiga qaraganda kamroq edi, ammo öyin tölaligiça raqib jarima maydoni atrofida keçdi va doimiy tahdid solib turildi. Şu kuni hujum markazida tuşgan Haversda qator imkoniyatlar böldi, ammo 19-daqiqada hisobni u emas, Rays Uaytning uzatmasidan keyin boşda yöllagan zarbasi bilan oçdi. Maydondagi asosiy işi raqib hujumlarini buziş bölgan angliyalik tayanç yarimhimoyaçisi uçun bu APL joriy mavsumidagi oltinçi gol böldi. U ayniqsa sönggi öyinlarda hujum çiziğida foydali bölmoqda – beş öyinda uç gol urib, uç assist muallifi böldi.

Barçasi birinçi bölim 1:0 hisobida yakunlanişiga qarab ketayotgandi, ammo 45+4-daqiqada «Arsenal» darvozaboni Ramsdeyl qöpol xatoga yöl qöydi. Aytiş kerakki, u bu öyinga majburan tuşirilgandi. Asosiy darvozabon Rayya «Brentford»ga qarşi öynay olmasdi, u hamon uşbu klub futbolçisi hisoblanadi («Arsenal» uni mavsum yakunida sotib oliş şarti bilan ijaraga olgan).

Tanaffus arafasida Ramsdeyl töpni qabul qilib olganida uni uzoqlaştiriş uçun yetarli vaqtga ega edi, ammo u kimga pas beriş böyiça köp öylanib yubordi va bundan foydalangan «Brentford» hujumçisi Vissa töpga oyoq qöyişga ulgurdi. Natijada navbatdagi işonçli ğalabasiga erişişi kutilgan «Arsenal» öyini asabiy tus oldi.

«Arsenal» ikkinçi bölimni ham kuçli boşladi va ikkinçi golga juda yaqin keldi. Edegor, Gabriel va Raysda xavfli zarbalar böldi. Keyin birinçi bölim antiqahramoni Ramsdeyl ikki bor qahramonlik körsatdi va muqarrar gollardan qutqardi. Keyin esa bahsli vaziyat yuzaga keldi, Edegor töpni jarima maydoniga oşirib berdi, «Brentford» himoyaçisi Ayer esa Trossarni böynidan uşlab yiqitdi. Bu vaziyatda himoyaçi töp uçun kuraşmayotgandi, bu muqarrar penalti bölib köringandi, ammo VAR vaziyatga aralaşmadi.