Navröz bayrami munosabati bilan Samarqand va Qarşi şahriga “Afrosiyob” poyezdining qöşimça qatnovlari yölga qöyiladi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 21 mart Navröz bayramida yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida 2024 yil 21, 22, 23, 24 va 25 mart kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toşkent — Samarqand” yönalişida “Afrosiyob” poyezdining qöşimça harakati yölga qöyiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli “Samarqand — Toşkent” yönalişi: Samarqand 11:11 — Toşkent 13:26;
- 776-sonli “Toşkent — Samarqand” yönalişi: Toşkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Şuningdek, 20, 21 mart kunlari Toşkent-Qarşi yönalişida ham “Afrosiyob” poyezdining qöşimça harakati yölga qöyiladi:
- 762-sonli “Toşkent — Qarşi” yönalişi: Toşkent 6:59 — Qarşi 10:33;
- 761-sonli “Qarşi — Toşkent” yönalişi: Qarşi 16:44 — Toşkent 20:20.













