Moskvaning Basmanniy tuman sudi 2022 yil 9 may kuni Rossiyaning Polşadagi elçisi Sergey Andreyevga hujum qilgan Irina Zemlyanani sirtdan hibsga oldi. Rossiyalik diplomatga lavlagi şarbatini sepib yuborgan Ukraina fuqarosini hibsga oliş töğrisida qaror 4 mart kuni qabul qilingan, deb xabar berdi «Mediazona» 10 mart, yakşanba kuni. 

Ukrainalik ayol «ekstremistlar va terrorçilar» röyxatiga kiritilgan

Naşrning yozişiça, Rossiya Federatsiyasi Zemlyanani 2023 yilning noyabrida qidiruvga bergan, fevral oyida esa u tipografik «yulduzça» belgisi bilan «ekstremistlar va terrorçilar» reyestriga kiritilgan. Unga nisbatan «uruş qözğatiş maqsadida xalqaro himoyadan foydalanayotgan şaxsga hujum qiliş» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Şu bilan birga, sudyalar va tergovçilar ukrainalik ayolning töliq ismi va boşqa pasport ma’lumotlarini aniqlay olmadi, çunki Rosfinmonitoring qaydnomasidagi qidiruv kartoçkasida va sudda uning otasi ismi keltirilmagan, fotosurati esa pasport surati emas, balki Varşavadagi mitingdan olingan, deb yozadi «Mediazon».

Zemlyana rossiyaliklarning tahdidi tufayli Varşavani tark etdi 

Polşa poytaxtidagi sovet harbiylari qabriga gul qöyiş marosimida Rossiya elçisi Andreyevga şarbat sepib yuborilgandi. Keyinçalik, uşbu aksiyada iştirok etgan Zemlyana ijtimoiy tarmoqlarda «rossiyaliklar tahdididan» keyin Varşavani tark etgani haqida xabar berdi. Bu Polşadagi ukrainalik faollarning Rossiya elçisiga qarşi qilgan yagona harakati emas. Xususan, 2024 yil 24 fevralida — Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi ikki yilligi munosabati bilan Varşava yaqinidagi diplomat villasi oldiga göng uyumi taşlab ketilgan.