“Toşşahartransxizmat” xabariga köra, Toşkent metropoliteni yerusti halqa yölining Turon (13-bekat) va Qipçoq (14-bekat) bekatlari 2024 yil 11 mart, duşanba kunidan işga tuşiriladi.
Şu munosabat bilan, uşbu oraliqda vaqtinçalik faoliyat yuritayotgan “Toşşahartransxizmat”ning “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 1m-sonli Qipçoq–Quruvçilar metrosi vaqtinçalik avtobus yönalişida xizmat körsatiş 2024 yil 11 mart kunidan boşlab töxtatildi.
Uşbu avtobus yönalişi 2 ta King Long rusumli avtobuslar asosida Turon va Quruvçilar metro bekatlarini özaro boğlaş maqsadida 2023 yilning aprel oyida vaqtinçalik harakatlaniş uçun taşkil etilgan edi.












