Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan holatlar örganilayotganini ma’lum qildi.
Angor hokimining Captiva-5 xaridi
Agentlik Surxondaryoning Angor tumani hokimi Qosim Mardonov “Ayollar daftari” jamğarmasi hisobidan 349 mln 900 ming sömga Captiva-5 avtomaşinasi xarid qilganini tekşirişni boşlagan.
Bu holat haqida Telegram'dagi “Revizor” kanali xabar bergan. Kanalning yozişiça, Angor tumani hokimligi balansidagi davlat raqami 75 026 DAV bölgan Captiva-2 rusumli xizmat maşinasi YTH natijasida nosoz holatga kelib qolgan, şu sababli auksion orqali 120 mln sömga sotilgan. Keyin Angor tumani hokimi yangi avtotransport vositasi xaridi uçun 349 mln söm ajratiş töğrisida qaror qabul qilgan. Bu qaror asosida tuman hokimligi 349 mln 900 ming sömga bir dona Captiva-5 avtotransport vositasini xarid qilgan.
“Oçiq ma’lumotlarga köra, Angor tumani hokimligi mazkur davlat xaridini “Ayollar daftari“ga kiritilgan Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirgan. Şuningdek, tuman hokimligining MIB organlaridagi umumiy qarzdorligi 1,4 mlrd sömni taşkil etadi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, tuman va şahar hokimlari uçun faqat bitta dona, qiymati 1 000 BHMgaça bölgan (yoki 340 million sömgaça) xizmat avtotransport vositasi xarid qilinişi mumkin”, – deya yozadi kanal muallifi.













