“Navoiyuran” davlat korxonasi tabiiy uranni Rossiyaning Sankt-Peterburg portidan Converdin Enterprise (AQŞ) va Cameco Corporation (Kanada) qayta işlaş zavodlariga taşiş böyiça tender e’lon qildi.
Tenderga ilova qilingan hujjatlarga köra, “Navoiyuran”ning AQŞ va Kanadadagi bu ikki zavodga tabiiy uran taşiş uçun transport xizmatlari körsatiş böyiça ehtiyoji 2024 yilda 300 dona 20 futlik konteynerni taşkil etişi mumkin. Xususan, Cameco Corporation'ga 200 ta va Converdin Enterprise'ga 100 ta. Bir 20 futlik konteynerdagi yukning netto vazni 12,5 tonna, brutto vazni 19,1 tonnani taşkil etadi. Yukning umumiy hajmi 3 750 tonnagaça (300 ta konteyner) bölişi mumkin.
Bir transportirovkada yukning vazni xaridorning talabiga qarab 100 dan 300 tonnagaça özgarişi mumkin. Xaridorning ehtiyojiga qarab oyiga 8 tadan 24 tagaça konteynerlar yuklanadi. Taşiş dengiz, temiryöl va avtomobil transporti orqali amalga oşiriladi. Xizmatlar 2024 yil davomida körsatiladi. Har bir taşiş Sankt-Peterburg portiga yuborilgan sanadan boşlab 10-15 kun içida amalga oşirilişi kerak.
Tenderning boşlanğiç narxi 9 mln dollar qilib belgilangan. Takliflarni qabul qiliş 29 martgaça davom etadi.
Uran nima?
Uran – yer ostidan qazib olinadigan ma’dan bölib, tabiiy ravişda uçraydigan elementlar orasida eng oğirlaridan biri hisoblanadi. Undan atom elektr stansiyalari (AES) hamda dengiz va suvosti kemalarini boşqaradigan yadro reaktorlari uçun yoqilği sifatida keng foydalaniladi. Şu bilan birga, u yadroviy qurollar, radiatsiyadan himoya tizimlarida ham işlatiladi.
Butunjahon yadro uyuşmasi tahlillariga köra, dunyo böyiça 2022 yilda uranning yillik işlab çiqariş hajmi 49 355 tonnani taşkil qilgan. Bu uranga bölgan talabning 74 foiziga teng.

Uranning asosiy iste’molçilari sifatida AQŞ, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya kabi mamlakatlar keltirib ötiladi.
Prognozlarga köra, uran iste’moli 2030 yilga borib, 79 400 tonnaga, 2040 yilga borib esa 112 300 tonnaga yetişi mumkin. Bunday keskin ösişga sabab sifatida Xitoy, Hindiston va boşqa bir qança mamlakatlarda yangi reaktorlarning işga tuşirilişi kutilayotgani keltirib ötilgan.
















