Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Namangan tuman bölimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, “Elatan” MFY hududidagi xonadonda yaşovçi A.Q. öz uyida 4 ta töplamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 million söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.














