Tula viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali Ukraina qurolli kuçlari (UQK)ni moliyalaştirişga çaqirgan mahalliy fuqaroga nisbatan hukm çiqarildi. 13 dekabr kuni Aleksinskiy tumanlararo sudi Yuliya Tişçenkoni davlat xavfsizligiga qarşi qaratilgan harakatlarga internet orqali çaqirganligi uçun 4 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, deya xabar beradi «OVD-Info» inson huquqlari loyihasi 11 mart, duşanba kuni.
Ayol avgust oyida qölga olingan
Sud veb-saytida e’lon qilingan hukmda Tişçenkoga şuningdek, uç yilga veb-saytlar, elektron va axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş taqiqlangani aytiladi. Hujjatda qayd etilişiça, sudlanuvçi 2023 yil 30 avgustdan beri hibsda saqlanmoqda, u öz aybini töliq tan oldi.
Ukrainada 10 yil yaşab kelgan Tişçenkoga nisbatan iş uning Facebook’da Ukraina qurolli kuçlari uçun ratsiya va teplovizorlarga mablağ yiğiş haqida 2022 yilda Yulianna Mixaylenko taxallusi ostida e’lon qilingan posti tufayli oçilgan. Unda ayol uşbu maqsadlar uçun 30 ming grivnadan köproq yiğilganini, biroq bu miqdor yetarli emasligini bildirib, ma’lumotni tarqatişni söragan.
Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi boşlanganidan beri Rossiya Federatsiyasida rasmiylarning harakatlariga qarşi bölganlarni jinoiy ta’qib qiliş keskin oşdi. «OVD-Info» ma’lumotlariga köra, «uruşga qarşi» moddalar böyiça qözğatilgan jinoiy işlarga 850 dan ortiq kişi jalb qilingan.












