Özbekiston elçixonasi diplomatlari Rossiyaning Tula viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markaziga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida elçixonaning boş konsuli Mehriddin Xayriddinov muassasada saqlanayotgan özbekistonliklarning yaşaş va ovqatlaniş şaroitlari bilan yaqindan tanişdi. Aniqlangan muammo va kamçiliklar böyiça Rossiya tomoni bilan qator muzokaralar ötkazdi.

Markaz rahbariyati va Rossiya Içki işlar vazirligining viloyat boşqarmasi vakillari bilan bölib ötgan muloqotda fuqarolarimizning hujjatlarini tezkorlik bilan rasmiylaştiriş va ularni qisqa fursatda vatanga qaytariş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida markazda uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotgan bir guruh fuqarolarni yaqin kunlarda Özbekistonga qaytariş böyiça kelişuvga erişildi.