Rossiya Havo-desant qöşinlarining 39-alohida tibbiy otryadi joylaşgan Tula şahrining Sovetskaya köçasidagi harbiy hospital binosida yonğin çiqqani haqida 13 yanvar, duşanba kuni Rossiyaning bir qança ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallari mustaqil ravişda xabar berdi. «Olov binoning bir qavatini qamrab oldi. Hozirda evakuatsiya işlari olib borilmoqda», deb yozadi "112" kanali. Uning ta’kidlaşiça, yonğin maydoni 1000 kvadrat metr atrofida bölib, «qattiq tutun kuzatilgan» va favqulodda xizmatlar binodan 57 kişini evakuatsiya qilgan. Baza kanali tomonidan çop etilgan kadrlarda şifoxonaning uçinçi va oxirgi qavati derazalaridan qora tutun çiqayotgani va alangani köriş mumkin.
Rossiya Havo-desant qöşinlarining 39-alohida tibbiy otryadi boşidanoq Ukrainaga töliq miqyosda hujumda qatnaşib kelmoqda.
Tula oblasti gubernatori Dmitriy Milyayevning yozişiça, muassasada «muddatli harbiy xizmatçilar» bölgan. Milyayev yonğinning dastlabki sababi sifatida «nosoz elektr simlari»ni keltirdi. Uning sözlariga köra, qurbonlar va jarohatlanganlar yöq. Yonğin tufayli Sovetskaya köçasida transport harakati butunlay, qöşni Soyuznaya köçasida esa qisman tösib qöyilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ham, Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabi ham Tuladagi yonğinga izoh bermadi. Biroq Moskva vaqti bilan soat 19:00 lar atrofida ukrainalik harbiy muxbir Andrey Tsapliyenkoning Telegram-kanalida quyidagi xabar e’lon qilindi: «Rossiyaning Tula şahrida ertalab harbiy hospitalda yonğin boşlandi, u keçqurun ham yonişda davom etmoqda».












