12 mart, seşanbaga ötar keçasi Rossiyaning bir qança hududlari dron hujumiga uçradi. Şu tariqa, Voronej, Kursk va Tula viloyatlari gubernatorlari, şuningdek, Moskva meri havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoqlar haqida xabar berdi. Belgorod gubernatori UUAdan tuşgan portlovçi qurilmalar elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazganini, Orel va Nijniy Novgorod yaqinidagi neft bazalariga hujum uyuştirilganini aytdi.

Belgorod viloyati rahbari Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, «portlaşlar natijasida qurbonlar bölmagan», yetti qişloq elektr ta’minotisiz qolgan.

Oryol viloyati gubernatori Andrey Kliçkov Telegram’da «UUA qulaşi» haqida yozgan va «yonilği-energetika kompleksi obektiga» hujum qilingani va yonğin çiqqanini ta’kidlagan. Orel viloyati hukumati matbuot xizmatining TASSga ma’lum qilişiça, Orel şahrida neft saqlaş rezervuari yonib ketgan, uni öçiriş uçun 60 dan ortiq kişi işlamoqda.

«Baza» xabariga köra, dron Nijniy Novgorod viloyatidagi «Lukoyl» neft bazasi hududiga ham qulagan, natijada u yerda yonğin boşlangan. 

Poytaxt meri Sergey Sobyaninning xabar berişiça, Ramenskoye şahar okrugida havo hujumidan mudofaa kuçlari Moskva tomon uçayotgan uçuvçisiz uçoqni urib tuşirgan.