11 mart kuni Duşanbe şahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Tojikiston rahbari Özbekiston delegatsiyasining Duşanbega taşrifi hamkorlik istiqbollarini belgilaş nuqtai nazaridan muhim ekanini, şuningdek sönggi yillarda ikki davlat örtasidagi döstona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Abdulla Aripov ikki davlat rahbarlari örtasidagi oçiq va işonçli muloqot mamlakatlar örtasidagi yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşda muhim omil bölayotganini ta’kidladi.
Şuningdek, 2022 yil iyun oyida Özbekistonda oliy darajada bölib ötgan uçraşuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy döstlik va ittifoqçilikni mustahkamlaş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilingani va boşqa muhim kelişuvlar ikki birodar xalq manfaatlariga töla javob berişini qayd etdi.
Uçraşuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda yangi loyihalarni izçil amalga oşiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.













