11 mart kuni Toşkent şahri Yangihayot tumanidagi qurilişda işlayotgan işçi xodimning boşiga qolip (opalubka) tuşib ketgan, oqibatda u vafot etgan.

Holat Yangi Darxon mahallasida qurilayotgan köp qavatli uyda sodir bölgan. 2001 yilda tuğilgan B.Ş. boşiga 14-qavatdan qolip tuşib ketib, vafot etgan.

Dastlabki sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, ölimga hayot bilan nomutonasib jarohat, boş miya oçiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga ötuvçi sinişlari, boya miya lat yeb majaqlanişi, umurtqa poğonasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinçi va yettinçi kökrak umurtqalari sinişlari, orqa miya lat yeyişi, kökrak qafasi yopiq tömtoq jarohati, töş suyagi, öpkalar lat yeb yorilişlari, boş sohasi ezilib yirtilgan yarasi, taşqi va içki qon yöqotiş, içki a’zolar kam qonligi sabab bölgan.

Toşkent şahri prokuraturasi hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.