UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt avtomobillarini işlab çiqariş hajmini qöşimça ravişda oşirişini ma’lum qildi.
Kompaniya xabariga köra, işlab çiqarişni köpaytiriş bilan birga, 2023 yil oxirida berilgan şartnomalarning bir qismi uçun tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagani ham qöşimça avtomobillarni sotuvga çiqariş imkonini bermoqda.
Damas, Labo va Cobalt uçun şartnomalar oçiliş sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
“Kontraktatsiya uçun oçiladigan qöşimça hajm 2024 yilning ikkinçi yarmida işlab çiqarilişi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5 – 6,7 foizgaça bölgan oraliqda qayta körib çiqiladi”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, endilikda UzAuto Motors öz dilerlariga keyinçalik sotiş uçun avtomobillarni xarid qiliş imkoniyatini beradi. Şu bilan birga, dilerlarga avtomobil uçun tavsiya etilgan çakana qiymat belgilanadi.
“Uşbu yondaşuv nafaqat dilerlik markazlari örtasidagi raqobatni kuçaytiradi, balki xizmat körsatiş sifatini yaxşilaydi. Dilerlik markazlari xizmat körsatiş sifati va innovatsion xizmatlarni yaxşilaş orqali qöşimça opsiyalar va aksessuarlarni taklif qiliş imkoniyatiga ega bölişadi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, “Raqobat töğrisida”gi qonunning yangi tahririga köra, ustun mavqega ega kompaniyalar monopol tovarlarga nisbatan yangi narxlarni joriy etişda bu haqda kamida 15 kun oldin e’lon qilişi şart.
Avtomobillarning yangi narxlari quyidagiça köriniş olişi kutilmoqda:
- Cobalt GS-Style Plus MT – 133 598 000 söm
(avvalgi narx 124 264 000 söm edi); - Cobalt GX-Style Plus AT – 156 589 000 söm
(avvalgi narx 146 757 000 söm edi); - Damas D2 DLX Style Plus – 100 325 000 söm
(avvalgi narx 96 932 000 söm edi).
Eslatib ötamiz, UzAuto Motors 2023 yil davomida narxlarni ikki marta, oxirgisida oktyabr oyida oşirgan edi.













