Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning şarqiy frontdagi hujumi töxtatilganini aytdi. 11 mart, duşanba kuni fransuz ommaviy axborot vositalari - Le Monde gazetasi va BFM TV telekompaniyasiga bergan intervyusida u frontdagi hozirgi vaziyat sönggi uç oydagidan ança yaxşi ekanini ta’kidladi.

«Artilleriya öq-dorilari, havo hujumidan mudofaa, uzoq masofaga uçuvçi qurollarning yetişmasligi va rus dronlari tufayli qiyinçiliklarga duç keldik. Biz Rossiya aviatsiyasiga qarşi yaxşi işladik, şarqdagi vaziyatni tikladik va Rossiyaning hujumi töxtatildi», dedi aytdi. 

Zelenskiy Rossiya qöşinlari Avdiyivkani vayron qilib, Ukraina hududlarini egallaşga muvaffaq bölganini, biroq endi ular köp sonli samolyotlarini yöqotgani uçun oldinga siljiy olmasligini ta’kidladi. 

Ukraina qurolli kuçlari Rossiya hujumini butunlay töxtata olişiga işonasizmi, degan savolga javob berar ekan, Ukraina davlati rahbari bu masalada realist böliş zarurligini ta’kidladi. «Biz bu uruş davom etayotganda işonç hosil qila olmaymiz, ğalaba qozonganimizda şunday bölamiz, - dedi Volodimir Zelenskiy. - Nega men ijobiy pozitsiyada emasman? Çunki ertaga, bir hafta yoki bir oy içida rossiyaliklar yana million öq-dori olişi mumkin, lekin biz kutayotganlar narsalar esa kelmayapti».