Falastindagi vaziyat
BMT vakili Isroil Falastin xalqini ataylab oçlik bilan qiynamoqda, deya bayonot berdi.
Taşkilotning oziqlaniş huquqi böyiça maxsus dokladçisi Maykl Fahri BMTning Jyenevadagi bölimida jurnalistlar bilan uçraşib, Isroil hujumlariga duçor bölayotgan Ğazodagi sönggi voqealar va oziq-ovqat krizisi böyiça ma’lumotlar bilan bölişdi.
BMT dokladçisi Fahrining xabar qilişiça, Isroil ataylab Ğazo xalqini oçlik iskanjasida qoldirib qiynamoqda. Fahrining qayd etişiça, «insonlarni oziq-ovqatdan ataylab mosuvo qiliş — şubhasiz harbiy jinoyatdir».
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan keltirilayotgan ma’lumotlarga köra, sönggi bir sutka içida Ğazoda 67 kişi öldirilgan, 106 kişi yarador qilingan.
7 oktyabrdan buyon Isroil agressiyasi qurbonlari soni 31 ming 112 nafarga yetgan. 72 ming 760 kişi turli darajada yarador qilingan. Isroil agressiyasi qurbonlarining 72 foizi — 22 mingdan ortiği bolalar va ayollardir. Vazirlik, şuningdek, Ğazoda oçlik va taşnalikdan ölganlar soni 25 kişiga yetganini ta’kidlagan.
Isroil rahbarlari bayonotlari
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu arab davlatlari HAMASning yöq qilinişini töliq qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan. U buni nemislarning Bild naşriga bergan intervyusida ta’kidlab ötgan.
«Men mintaqamizdagi davlatlar yetakçilari bilan suhbatlaşganimda ular HAMAS — Eronning terroristik tarmoğining bir bölagi ekanini mohiyatan tuşunib turişgani va ularga ham bizga ham tahdid solayotgan bir taşkilot ekanini tasdiqlaşadi», — degan Netanyahu Isroilni örab turgan arab davlatlarini nazarda tutib.
Netanyahu milliondan ortiq falastinlik qoçqinlar qoçib ötgan Rafah şahriga bostirib kiriş va Ğazo sektorida uruşni davom ettirişni qöllaşini bildirgan hamda Ğazo aholisining azob-uqubatlarida Isroil armiyasi emas, aynan HAMASni ayblagan
«Biz uçun bu tragediya, ular uçun bu strategiya», degan Netanyahu. Ğazoda oçlik röy berayotgani töğrisidagi axborotlarni esa töliq rad etgan. Şuningdek, Netanyahu Falastin mustaqil arab davlati bölişiga keskin qarşi çiqqan.











