Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Timur Rahmonov 13 mart Latviya poytaxti Riga şahriga taşrif buyurdi.
Yangi tayinlangan elçi 2021-2024 yillarda Rossiyaning Novosibirsk şahridagi boş konsul lavozimida işlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan. 46 yoşli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini biladi.
Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boşlagan. Ötgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, şuningdek, Özbekistonning Polşa, Italiya va Ispaniyadagi elçixonalarida turli lavozimlarda işladi. 2017–2018 yillarda esa Taşqi işlar vazirligining Urganç şahri hududiy boşqarmasi boşliği, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Timur Rahmonov Özbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) örindoşlik asosidagi elçisi (qarorgohi Riga şahrida) sifatida işlagan Qadamboy Sultonov örniga tayinlandi.









